Isroil Madrimov raqibini nokautga uchratdi, Roxasni ringdan zambilda olib chiqishdi

Isroil Madrimov raqibini nokautga uchratdi, Roxasni ringdan zambilda olib chiqishdi


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2-0, 2 KO) o‘zining ikkinchi jangida ham muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

Venesuelalik Frenk Roxasga (24-3, 23 KO) qarshi kechgan jangda Isroil Madrimov ikkinchi raundda g‘alabani tantana qildi. Ikkinchi raundda dastlab raqibining jigar va bosh qismiga kuchli zarbalarni bergan Isroil Roxasni nokdaun holatiga tushirdi. Roxas bu holatda o‘rnidan turishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Isroilning ketma-ket zarbalaridan so‘ng yana yerga quladi. Bu safar raundning 1:56 soniyasi o‘tib borayotganda Isroilning chap qo‘ldagi kross zarbasidan so‘ng raqib chuqur nokaut holatiga tushib qoldi. Sportchi uzoq vaqt o‘ziga kela olmadi va uni tez tibbiy yordam xodimlari maxsus zambillarga solgan holda olib chiqib ketishlariga to‘g‘ri keldi.

Ushbu g‘alaba evaziga Madrimov o‘zining WBA InterContinental chempionlik kamarini yana bir marotaba himoya qildi. Birinchi jangida u meksikalik Vladimir Ernandesni (10-3, 6 KO) 6 raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratib ushbu kamar sohibiga aylangandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.