UNICEF: Qizamiq butun dunyoda ko‘payib bormoqda va u asosan bolalarga xavf solmoqda

Qizamiq kasalligi sayyorada juda tez tarqalib ketmoqda. Ayniqsa 10 ta mamlakatda kasallikka chalinganlar soni juda katta tezlik bilan o‘sib bormoqda. Bu haqda UNICEF matbuot xizmati xabar berdi.


Foto: UNICEF/UN0284080/ Dyachyshyn

Shuningdek, avval qizamiqdan holi deb topilgan davlatlarda ham kasallik avj olgan.

2017-yilga nisbatan solishtirganda 2018-yilda qizamiq eng ko‘p tarqagan hududlarga Ukraina, Filippin, Braziliya kirmoqda. Birgina Ukrainaning o‘zida 2018-yilda 35 120 kasallik holatlari qayd etilgan. Mamlakat hukumatining xabar berishicha, 2019-yilning dastlabki ikki oyida yana 24 042 kishi qizamiq bilan kasallangan. Filippinda esa hozirda 12 736 kasallik holatlari qayd etilgan va 203 holatda bu kasallik o‘limga olib borgan.

“Bu ko‘rsatkichlar xavfdan darak. Biz kasallikka qarshi xavfsiz, samarali va qimmat bo‘lmagan vaksinadan foydalandik. Bu vaksina oxirgi 20 yil ichida har yili millionlab odamlar hayotini saqlab qolgan. Biz bugun kurashayotgan kasallik 2018-yilda boshlangan. Agar bugun ham biror chora ko‘rmasak, ertaga bolalar uchun fojiali holatlar keltirib chiqarishi mumkin” — deydi UNICEF ijrochi direktori Genrietta X. Fore.

Qizamiq juda xavfli kasallik hisoblanadi. Uning virusini yuqtirgan odam binodan chiqish ketganidan keyin 2 soat davomida virusni boshqa odam yuqtirib olishi mumkin. Virus havo yo‘llari orqali yuqadi. Hali emlash yoshiga yetmagan go‘daklarga esa bu o‘ta katta xavf tug‘diradi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.