Shvetsiyada 90 kishi ishtirokida ommaviy janjal chiqdi

Shvetsiyada 90 kishi ishtirokida ommaviy janjal chiqdi


Shvetsiyaning Nyuchyoping shahri yaqinida 90 kishi ishtirokida ommaviy janjal chiqdi. Bu haqda Dagens Nyheter nashri xabar berdi.

Politsiya vakili Monika Bergstryomning aytishicha, voqea E4 trassasidagi avtoturargohda yuz bergan. U yerda ichida 30 kishi bo‘lgan avtobus to‘xtagan. Shundan keyin avtoturargohda yana 60 kishi paydo bo‘lgan va ular hamda avtobusdagi odamlar o‘rtasida janjal boshlangan. Odamlar bir-biriga toshlar ota boshlashgan. Voqea oqibatida kamida 2 kishi jarohat olgan, ular shifoxonaga yetkazilgan.

“Ayni vaqtda qo‘lga olinganlar yo‘q. Politsiya guvohlarni so‘roq qilmoqda”, deb ma'lum qilgan politsiya vakili.

Politsiyaning fikricha, janjalga ikki guruh o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda janjalning bevosita sababchilari qidirilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.