Emomali Rahmon uni musiqiy kliplar orqali targ‘ib qilishayotganidan norozi bo‘ldi

20-fevral kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon davlatga qarashli OAV vakillarining katta guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi ASIA-Plus.


Foto: Tojikiston respublikasi prezident matbuot xizmati

Unda prezident davlat bosma matbuoti, televideniye va radio kanal rahbariyatiga dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga tezkorlik bilan e’tibor qaratish, ko‘proq tahliliy materiallar tayyorlash vazifasini qo‘ydi.

Shu bilar birga, davlat rahbari tele va radiodasturlar Tojikiston davlati manfaatlarini hisobga olgan holda, tojik adabiy til me’yorlariga muvofiq tayyorlanishi kerakligini ta’kidlagan.

Prezident Tojikiston teleradiokompaniya rahbariyati zimmasiga musiqiy kliplarda uning suratlaridan foydalanish o‘rniga respublikaning erishgan yutuqlari, fuqarolar mehnati va mamlakatning betakror tabiat manzarasidan foydalanish vazifasini topshirdi.

Shuningdek, tojik davlat tele va radio dasturlarida faqat professional ishchilarni qo‘yish kerakligini taklif qilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.