Zamonaviy o‘zbek rahbarlariga nima yetishmayapti? DBA prorektori javob berdi

Zamonaviy o‘zbek rahbarlariga nima yetishmayapti? DBA prorektori javob berdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi prorektori Botu Alimov zamonaviy o‘zbek rahbariga ko‘nikma, xususan moslashuvchanlik, yetakchilik fazilatlari yetishmasligini aytdi. Bu haqda u Kun.uz muxbiriga aytib bergan.

«Biz Akademiyada tinglovchilarga bilim berishga emas, balki ularning ko‘nikmasini oshirishga harakat qilamiz, – dedi prorektor Botu Alimov. – Sababi bizning kontingentimiz rahbar kadrlar hisoblanadi va ular bu dargohga o‘zining bilimi, amaliy tajribasi bilan keladi, ularga qo‘shimcha bilim berish samarasiz hisoblanadi. Shu bois biz ko‘nikma berishga o‘tdik. Akademiyada ta'lim jarayonida 20 dan ortiq interfaol usuldan foydalanamiz. Muassasamizga kelgan rahbarlar bilim emas, ko‘nikma olib ketadi. Biz rahbar kadrlarga o‘zgarishlarga moslashuvchanlik, liderlik sirlari, boshqaruv professionalizmi, tizimli fikrlashni o‘rgatamiz»​.

Davlat boshqaruv akademiyasi boshqaruvda kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasi bo‘yicha fundamental hamda amaliy-ilmiy tadqiqotlar olib bor​uvchi muassasa hisoblanadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.