O‘zbekistonda 1 martdan shahar telefoni uchun abonent to‘lovi oshiriladi

O‘zbekistonda 1 martdan shahar telefoni uchun abonent to‘lovi oshiriladi


«O‘zbektelekom» AK 2019 yil 1 martdan «Telekommunikatsiya universal xizmatlari tariflarining chegara darajalari» preyskurantiga muvofiq belgilanadigan telekommunikatsiya universal xizmatlari tariflari o‘zgarishi haqida ma'lum qildi.

Kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, shahar va qishloq telefon tarmog‘i abonentlari asosiy telefon apparatidan foydalanganligi uchun abonent to‘lovi miqdori oshirildi.

Shu qatorda, telefon aloqasi xizmati uchun abonent to‘lovi va vaqtbay to‘lov tizimi uchun hisob-kitob tizimi soddalashtirildi va kechki vaqt hamda dam olish (shanba, yakshanba, bayram) kunlari mahalliy va shaharlararo telefon tarmoqlariga amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlar uchun pasaytirilgan koeffitsiyentlar bekor qilindi.

Bundan tashqari, xonadonlar telefoni va mehmonxonalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun o‘rnatilgan telefonlardan kreditga taqdim etiladigan so‘zlashuvlarda har bir so‘zlashuv uchun ustama miqdoridagi to‘lov haqi bekor qilindi.

Kompaniyadan ma'lum qilinishicha, boshqa universal xizmatlar tariflari oldingi holida saqlangan. Shuningdek, telefon tarmog‘iga ulash uchun ro‘yxatga olish to‘lovi va telefondan foydalanishdagi to‘lovlarga o‘rnatilgan imtiyozlar o‘z kuchini saqlab qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 10 sentabrdan to‘qqiz xonali raqamlash tizimiga o‘tish va «shaharlararo telefon aloqasi» xizmatlarini soddalashtirish munosabati bilan mahalliy va shaharlararo aloqa xizmatlari uchun masofaga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rnatilgan limitda oyiga 180 daqiqadan ortiq so‘zlashuvning har bir to‘liq yoki noto‘liq daqiqasi uchun 12 so‘m miqdorida yagona tarif belgilangan


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.