Tatariston prezidenti bir kunda ikki marta Putinni ranjitdi

Tatariston prezidenti bir kunda ikki marta Putinni ranjitdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat kengashi prezidiumining kengaytirilgan yig‘ilishida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovga so‘z beradi, lekin u zalda yo‘q edi. Yig‘ilish videoyozuvini RIA_Kremlinpool Telegram kanali e'lon qilgan.


“Turibdi-da, qayoqqadir ketibdi. Qayoqqa ketdi u?” — degan Rossiya prezidenti ta'bi tirriq bo‘lgancha, bu vaqtda qolganlar Minnixanov qayerda o‘tirganini axtarish bilan band edilar.

Tatariston prezidenti 12 fevral kuni avvalroq “Turarjoy va shahar muhiti” milliy loyihasi mavzusi bo‘yicha jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv chog‘ida ham Putinning diqqatini o‘ziga jalb qilgan. Prezident unga yuzlanganida istehzo aralash shunday degan: “Respublika rahbarini murakkab vaziyatga tushirmay qo‘yaqolaylik — u nima haqida gapirayotganimizni eshitmayapti”.


Kreml matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Putinning Tataristonga safari chog‘ida boshqa tadbirlar bilan birgalikda Minnixanov bilan alohida uchrashuvi ham nazarda tutilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.