Samarqandda Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati maneji ta'mirdan chiqarildi

Samarqandda Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati maneji ta'mirdan chiqarildi


Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati maneji prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilgan bo‘lib, 2004 yilda foydalanishga topshirilgan.

Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur majmua 2018 yilda 9,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib kapital ta'mirlandi. Unga 32 turdagi 250 mln so‘mlik yangi sport inventarlari ajratildi.



Majmuaga 600 nafar mahoratli sportchi yoshlar sportning 14 turi (futbol, gandbol, chim ustida xokkey, dzyudo, erkin kurash, yunun rum kurashi, boks, gimnastika, yengil atletika, og‘ir atletika, taekvando, sambo va milliy kurash) bilan muntazam shug‘ullanib kelishmoqda.



Birgina o‘tgan 2018 yili olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilari respublika va xalqaro musobaqalarida 95 ta oltin, 53 ta kumush va 77 ta bronza, jami 225 ta medallarni qo‘lga kiritishdi.

Manejda shug‘ullanuvchi sportchilarning 54 nafari O‘zbekiston terma jamoasining a'zolari hisoblanadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.