Toshkentda «Navro‘z» bayramiga bag‘ishlab birinchi xalqaro yarim marafon o‘tkaziladi

Toshkentda «Navro‘z» bayramiga bag‘ishlab birinchi xalqaro yarim marafon o‘tkaziladi


22-24 mart kunlari Toshkent shahrida «Navro‘z» bayramiga bag‘ishlab birinchi xalqaro yarim marafon o‘tkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi e'lon qilindi. Unda mahalliy aholi va xorijlik ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.

Xalqaro yarim marafon g‘olib va sovrindorlari (1-8-o‘rinlar) 3 milliondan 12 million so‘mgacha, 5 kmlik masofada 1-6-o‘rinlar uchun 500 ming so‘mdan 2 million so‘mgacha pul mukofoti va medallar bilan taqdirlanadi.

Xalqaro yarim marafon poytaxtning diqqatga sazovor hududlari, markaziy ko‘chalari bo‘ylab tashkil etiladi.

Mazkur musobaqa internet tarmog‘i, O‘zbekiston, xorijiy davlatlar sun'iy yo‘ldosh kanallari orqali translatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.