«Ikki hissa dard». Musofir yurtda bo‘lgan Elbek ko‘makka muhtoj

«Ikki hissa dard». Musofir yurtda bo‘lgan Elbek ko‘makka muhtoj


Musofir inson har qanday to‘kis hayotda yashasa ham yurti sog‘inchi, oilasini qo‘msashi sabab baxsiz bo‘laveradi, qalbi behalovat qolaveradi. Biroq, shunday vatandoshlarimiz ham borki, xastalik sabab o‘zga yurtda sarson bo‘lib, abgor holatda yashamoqda.

Yodingizda bo‘lsa, salkam ikki yoshli Elbek onasi bilan buyrak qurishi natijasida Turkiyaga davolanish uchun jo‘nab ketgan edi. Bu ayol xasta farzandi bilan musofir yurtda ne kunlarni ko‘rmadi, deysiz?! Kun.uz jamoasi yurtdoshlarimizning holatidan boxabar bo‘lib turdik.

Video: Mover (tas-ix)


Video: Youtube

Gap shundaki, buyragi sabab jo‘nab ketgan Elbekning tekshiruvlar natijasida yuragida ham kasallik aniqlanib zudlik bilan operatsiya qilingan. Sabab sifatida bizda yetarli o‘lchamdagi katetirlar mavjud bo‘lmaganligi ekan. Buyragini operatsiya qilishni bizning mamlakatda iloji bo‘lmagan bu go‘dak yuragi ham xastalangan. Bir tarafda operatsiya, ikkinchi tarafda muolajalarga xarajat kattaligi sabab o‘zga yurtda mashaqqat chekmoqdalar. Vatanda boshingizga sinov kelsa, yoningizda qon-qarindoshingiz, do‘st-birodaringiz tirgak bo‘ladi. Begona manzillarda esa kim yordam qo‘lini cho‘zsin?! U yerlarda biror tanishi yo‘q.


Aziz birodarlar, o‘zga yurtda navbatdagi operatsiyasini kutayotgan Elbekka yordam qo‘lini cho‘zaylik. Turkiyada, safar chog‘ida og‘irini yengil qilishga sababchi bo‘laylik. Darddan forig‘ bo‘lib, eson-omon o‘z vatanlariga qaytib kelishi nasib etsin.

Allaberganov Dilshod (otasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0417 2944 0975 (Agrobank)

MFO: 00394

INN: 201200124

Naqd pul topshirganda: 23116000600000394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000400000394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000394001

Chet el valutasida mablag‘lar o‘tkazilganda: 2020 6840 4969 2866 0001

Sberbank: 4817 7600 5102 4853 (Rossiyadagi qarindoshi Manzura Egamova)

O‘zbekistondagi telefon raqami: (90) 928 96 10

Feruza Kabulova nomiga ochilgan plastik karta:

O‘zbekiston milliy banki: 8600 0204 2713 6362

Onasi Feruza Kabulovaning Turkiyadagi telefon raqami: +90 0554 166 24 32

Bahodir Ahmedov tayyorladi

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.