O‘FA Kubogi. Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati o‘rtasidagi final o‘yinidan fotoreportaj

O‘FA Kubogi. Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati o‘rtasidagi final o‘yinidan fotoreportaj


Bugun, 12 fevral kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport saroyida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida futzal bo‘yicha O‘FA Kubogining hal qiluvchi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqa O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ular o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan tashkil etildi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Turnir 5 bosqichdan iborat bo‘ldi, bugunga qadar o‘tkazilgan to‘rtta bosqichda respublika bo‘ylab jami 130 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari qamrab olingandi. Poytaxtda o‘tgan final raundiga mezbon Toshkent shahri, shuningdek, Namangan, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari jamoalari yetib kelishdi.

Yarim finaldan muvaffaqiyatli o‘tgan Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati jamoalari finalda ro‘baro‘ kelishdi. Birinchi bo‘lim mezbonlar ustunligida o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi taymda qashqadaryoliklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi. Va bu tenglik hisobda ham o‘z aksini topdi – 4:4. Bosh sovrin g‘olibiga penaltilar seriyasi aniqlik kiritdi, unda omadliroq chiqqan Toshkent shahri jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Taqdirlash marosimida O‘FA va Xalq ta'limi vazirligi mutasaddilari ishtirok etishdi. Bronza medali sohiblari – Namangan va Navoiy viloyatlari jamoalari planshet va ryukzaklar bilan taqdirlangan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni olgan Qashqadaryo jamoasiga velosipedlar topshirildi. Chempion Toshkent shahri jamoasi a'zolariga «PlayStation4» o‘yin qurilmalari sovg‘a qilindi. Shuningdek, turnirning eng yaxshi futbolchisi, to‘purari va darvozaboni ham alohida mukofot bilan taqdirlandi.


























loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.