«Paxtakor» stadionidagi nosozlik tufayli Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yini 20 daqiqaga to‘xtatildi

«Paxtakor» stadionidagi nosozlik tufayli Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yini 20 daqiqaga to‘xtatildi


Osiyo Chempionlar Ligasi 2-bosqich saralashidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «Eyr Fors» o‘yinida kutilmagan holat yuzaga keldi.


Bahsning 20-daqiqasida (hisob 0:0) maydonning sug‘orish tizimida nosozlik yuzaga keldi va maydonga suv sizib chiqa boshladi. Natijada, bosh hakam Kim Xi Gon o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.


Stadion xodimlari nosozlikni bartaraf qilish uchun bir necha daqiqada davomida urinib ko‘rishdi. Ammo buning ilojini topa olishmadi. Shundan so‘ng, bosh hakam jamoalarni olib, kiyinish xonasiga kirib ketdi.


Faqat 20 daqiqa o‘tganidan so‘ng, sug‘orish tizimi tuzatildi va o‘yin davom ettirildi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.