Nazarboyev Qozog‘iston kuch tuzilmalarida katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi

Nazarboyev Qozog‘iston kuch tuzilmalarida katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat kuch tuzilmalarida jiddiy lavozim o‘zgarishlarini amalga oshirdi.

Xususan, ichki ishlar vaziri sifatida ishlab kelgan Kalmuxanbet Qosimov prezident yordamchisi - Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi. Prezident yordamchisi - Xavfsizlik kengashi kotibi bo‘lgan Gabit Bayjanov Qozog‘iston Tashqi razvedka xizmati direktoriga aylandi.

Bundan tashqari, Tashqi razvedka xizmati direktori bo‘lgan Isatay Sartayev Tashqi razvedka xizmati direktori o‘rinbosariga aylandi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Yerlan Turg‘umbayev esa ichki ishlar vaziri bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda DXX raisi va mudofaa vaziri tayinlangandi.

Abdusalom Azizov DXX raisi etib tayinlandi Bahodir Qurbonov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.