Xitoy kosmik apparatlari Oyning teskari qismida «uyquga ketdi»

Xitoy kosmik apparatlari Oyning teskari qismida «uyquga ketdi»


Xitoyga qarashli, Oyning teskari tomonida bo‘lib turgan «Chan'e-4» kosmik apparati va «Yuytu-2» lunoxodi (Oyga tushiriladigan o‘ziyurar avtomatik apparat - tah.) uyqu rejimiga o‘tib qoldi. Bu haqda RIA «Novosti» WeChat milliy ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilingan, Xitoyning Oyni o‘rganish bo‘yicha dasturi ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Oydagi sovuq tunni o‘tkazish maqsadida qurilmalar uyqu rejimiga o‘tgan. Kutilishicha, «Chan'e-4» 1 mart kuni, «Yuytu-2» lunoxodi esa - 28 fevral kuni «uyg‘onadi».

Olimlarning qo‘shimcha qilishicha, apparatlarning barcha tizimlari odatdagi rejimda ishlayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy kosmik apparati Oyning teskari tomoniga qo‘ngandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.