Ronaldu yana Madridda va Neymarsiz qolgan «PSJ». YeChL intrigalari

Ronaldu yana Madridda va Neymarsiz qolgan «PSJ». YeChL intrigalari


12 fevral kuni Yevropaning eng nufuzli turniri yana davom ettiriladi, bugundan turnirning nimchorak finali bahslari boshlanadi.

1/8 final. Birinchi o‘yinlar

12 fevral, seshanba

«Roma» – «Portu»

«Manchester Yunayted» – «PSJ»

13 fevral, chorshanba

«Tottenhem» – «Borussiya» D

«Ayaks» – «Real»

19 fevral, seshanba

«Lion» – «Barselona»

«Liverpul» – «Bavariya»

20 fevral, chorshanba

«Atletiko» – «Yuventus»

«Shalke» – «Manchester Siti»

Javob o‘yinlari

5 mart, seshanba

«Borussiya» D – «Tottenhem»

«Real» – «Ayaks»

6 mart, chorshanba

«PSJ» – «Manchester Yunayted»

«Portu» – «Roma»

12 mart, seshanba

«Yuventus» – «Atletiko»

«Manchester Siti» – «Shalke»

13 mart, chorshanba

«Barselona» – «Lion»

«Bavariya» – «Liverpul»

Sulsher «Yunayted»ni davoladi

Nimchorak finalga qur'a tashlanganida Ole Gunnar Sulsher hali Norvegiyadagi uyida o‘tirar va oldinda nimalar bo‘lishini taxmin ham qilolmasdi. «Manchester Yunayted» «PSJ» bilan o‘ynashini bilganimda, «Buni chaqiriq desa bo‘ladi», deb qo‘ygandim. Endi esa bu men uchun chaqiriq. Bundan mening badanim jimirlab ketmoqda», deydi endi Sulsher.

Norvegiyalik mutaxassis uchun Chempionlar ligasi - bu birinchi navbatda 1999 yil, «Kamp Nou»dagi «Bavariya»ga qarshi o‘yindir. U o‘sha finalda qo‘shimcha daqiqalarda g‘alaba golini urgandi (2:1). Endi u «MYu» bosh murabbiyi sifatida yevrokubokda debyut qiladi. Agar «PSJ» Joze Mourino boshqaruvidagi «MYu» bilan o‘ynaganida natija oldindan ma'lum bo‘lardi. Ammo hozir «MYu» yangilanish va ko‘tarilish davrida, Sulsher kelganidan buyon jamoa biror marta mag‘lubiyatga uchramadi, barcha turnirlar doirasidagi o‘yinlarda 11 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etildi va jamoa APLda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi, Angliya Kubogida ikki bosqichdan o‘tdi. Qolaversa, Parij klubi bu uchrashuv arafasida muammolarga duch keldi, jamoaning asosiy hujumchilari Neymar va Edinson Kavani safdan chiqqan, ular ko‘p ehtimol bilan mart oyida o‘tkaziladigan javob o‘yinida ham yordam bera olishmadi. Mene ham sog‘ligi tufayli, Adriyen Rabo esa tarkibdan chetlatilgani tufayli jamoa bilan Manchesterga uchmagan.

Pochettino uchun yana bir imkon

May oyida Maurisio Pochettino «Tottenhem» bilan shartnoma imzolaganiga 5 yil vaqt to‘ladi. O‘tgan vaqt ichida «shporlar» Angliyada «kuchli to‘rtlik»da muqim o‘rin egalladi. Argentinalik mutaxassis yosh va kuchli futbolchilarni jamoada saqlab qoldi, lekin bu jamoa hamon birorta sovrin qo‘lga kiritmagan.

Bu mavsumda «shporlar» Angliya Kubogi va Angliya Ligasi Kubogini tark etib bo‘ldi. Ammo jamoa hali Angliya chempionatida va YeChLda bosh sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda. Qaysi biri murakkabroq, bilish qiyin. Ichki chempionatda «Manchester Siti» va «Liverpul» londonliklarni ortda qoldirmoqda, yevrokubokda esa jamoa Dortmundning «Borussiya»si to‘sig‘idan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Ammo Pochettino jamoasi ayni vaqtda ikki asosiy futbolchisi - Harri Keyn va Dele Allidan ayrilgan. «Borussiya»da ham muammolar bor: eski jarohati tufayli Marko Roys Londonda kechadigan birinchi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

«Qizillar» uchun qaysi turnir muhimroq?

Dekabr oyida «Liverpul» mo‘jiza tufayli Yevropa Chempionlar ligasida «jon saqlab qolgandi». Yurgen Klopp shogirdlari o‘lim guruhida «Napoli»ni ortda qoldirib pley-offga chiqqandi, ammo qur'a ham mersisaydliklarni ayab o‘tirmadi va turnir favoritlaridan biri bo‘lgna «Bavariya»ni ro‘baru qildi. To‘g‘ri, hozirda myunxenliklarning holati avvalgidek emas, Niko Kovach jamoasi ichki chempionatda «Borussiya» Dortmunddan ortda qolgan, qolaversa, nimchorak finalning birinchi o‘yinida jamoaga sog‘ligi tufayli Manuel Noyyer hamda diskvalifikatsiya qilingan Tomas Myuller yordam bera olmaydi.

«Liverpul» ayni vaqtda ichki chempionatda uzoq tanaffusdan keyin yana Angliya chempionligiga erishish uchun qattiq kurash olib bormoqda va asosiy e'tiborni «Siti» bilan raqobatga qaratgan. Ammo Klopp YeChL o‘yini oldidan boshqacha fikrlarni bildirdi: «Biz ikki turnirga ham birdek qarayapmiz. O‘tgan yilda ham ikki turnirda ham g‘olib bo‘lish uchun kurashganmiz. Oldimizda jiddiy o‘yin turibdi. Lekin men biz allaqachon chorak finaldaligimiz, «bu atigi «Bavariya»ligi haqida ham gaplar eshitdim».

Ha, bu «atigi «Bavariya» emas, ammo Klopp bu jamoaga qarshi qanday o‘ynashni juda yaxshi biladi. U Germaniyadaligida bu jamoani 9 marta mag‘lub etgandi. O‘ninchi va o‘n birinchisi ham bo‘ladimi?

Simeone yoki Ronaldu?

Biz madridliklarni ham, turinliklarni ham turnirning oxirgi bosqichlarida ko‘rishga o‘rganib qolganmiz. Ammo bu mavsumda ulardan biri turnirdagi ishtirokini ertaroq yakunlashiga to‘g‘ri keladi. Krishtianu uchun bu ulkan ko‘ngilsizlik bo‘lishi tayin, u axir keyingi 3 mavsumda faqat finalda o‘ynagan va g‘olib chiqqan. «Yuventus»ning hujum chizig‘i yaxshi holatda, ammo «Atletiko»ga qarshi o‘yindan oldin afsonaviy himoya uchligi safdan chiqqan, Barzali Madriddagi o‘yinda ishtirok eta olmasligi aniq bo‘lgan, turinliklarning oxirgi o‘yinlarida ishtirok eta olmagan Bonuchchi va Kellini ham birinchi o‘yinda bo‘lishi so‘roq ostida.

«Atletiko»da ham yo‘qotishlar bor: Diyego Kosta va Stefan Savich jarohatdan tiklanishni davom ettirmoqda. Ammo madridliklarning qishki transferlardagi yangi xaridi Alvaro Morata jamoaga moslashib ketdi va u sobiq klubi «Real»ga qarshi maydonga tushib ulgurdi. U endi yana bir sobiq klubiga qarshi o‘ynashi kerak bo‘ladi, u 4 yil muqaddam «Yuventus» safida YeChL finalida o‘ynagan va hatto gol ham urgandi. Lekin o‘shanda «Yuventus» «Barselona»ga mag‘lub bo‘lgandi.

Morata keyinroq baribirr «Real» bilan YeChLda g‘olib chiqadi, Diyego Simeone va «Atletiko» esa hamon bunga erisha olmagan. «Yuventus» ustidan g‘alaba jamoa uchun bu sovringa bir qadam tashlash bo‘ladi.

«Manchester Yunayted» – «PSJ»
12 fevral. Manchester. «Old Trafford». 23.00 (Toshkent vaqti bilan soat 01:00).
Yo‘qotishlar: Valensiya, Darmian (ikkisi ham – jarohatda), Lindelyof (so‘roq ostida) – Mene, Neymar, Kavani, Rabo (barchasi – jarohatda), Diarra (so‘roq ostida).
Hakam: Orsato (Italiya)

«Roma» – «Portu»
12 fevral. Rim. Olimpiya stadioni. 23.00 (Toshkent vaqti bilan soat 01:00).
Yo‘qotishlar: Juan Jyezus, Ulsen, Perotti, Shik (barchasi – jarohatda), Dengiz Under (so‘roq ostida) – Abubakar, Marega (ikkisi – jarohatda), Korona (diskval.).
Hakam: Makkeli (Niderlandiya).

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.