OChLda bugun: «Paxtakor» OFK Kubogi rekordchisiga, OKMK Tojikistonning eng kuchli klubiga qarshi maydonga tushadi

OChLda bugun: «Paxtakor» OFK Kubogi rekordchisiga, OKMK Tojikistonning eng kuchli klubiga qarshi maydonga tushadi


Osiyo Chempionlar ligasining 38-mavsumiga bir hafta oldin start berilgan va birinchi saralash bosqichi orqali keyingi raundning uchta ishtirokchisi aniqlangan edi. Bugun, 12 fevral kuni qit'aning 8ta shahrida 16 jamoa saralashning yakuniy bosqichiga o‘tish o‘yinlarida qatnashadi.

G‘arb mintaqasidagi to‘rt uchrashuvdan ikkitasi O‘zbekistonda, yana ikkitasi Eronda bo‘lib o‘tadi. Soat 15:00da O‘zbekiston vitse-chempioni «Paxtakor» Iroqning «Eyr Fors» klubiga qarshi, soat 16:00da O‘zbekiston kubogi sohibi OKMK Tojikistonning «Istiqlol» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Toshkentdagi o‘yin «Sport», Olmaliqdagi uchrashuv «Mahalla» telekanali orqali jonli efirda olib ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, «Eyr Fors» ketma-ket uch mavsum (2016-2018 yillarda) OFK Kubogi g‘olibi bo‘lgan ilk klub hisoblanadi. Jamoa Iroq chempionatida ikkinchi o‘rin bilan OChL saralashida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan. Bag‘dod jamoasi Iroq futbolidagi eng uzoq tarixga ega klub hisoblanadi, u 1931 yilda tashkil etilgan.

Shota Arveladze: «Yangi futbolchilarimizdan ko‘p narsa kutamiz» «Eyr Fors» bosh murabbiyi: «Paxtakor»ning chap qanot yarim himoyasi katta muammo bo‘lishi mumkin»

«Paxtakor»-«Eyr Fors» juftligi g‘olibi guruh bosqichiga chiqish uchun 19 fevral kuni BAAning «Al-Nasr» klubiga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi. Unda qo‘li baland kelgan jamoa «D» guruhiga tushadi, bu kvartetdan «Persepolis» (Eron), «Al-Sadd» (Qatar) va «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni) klublari o‘rin olgan.

Mirjalol Qosimovning OKMKdagi debyut o‘yini Dushanbening «Istiqlol»iga qarshi kechadi. Bu klub 2014 yildan buyon – qatorasiga 5 mavsum Tojikiston chempioni unvonini bermay kelmoqda.

Mirjalol Qosimov: «Lokomotiv» va «Paxtakor» bilan raqobat qila olamizmi? Tarkibni imkon qadar kuchaytirdik» Hakim Fuzaylov: «Ertaga shiddatli futbol guvohi bo‘lamiz»

OKMK-«Istiqlol» o‘yinida ustun kelgan klubni ham 3-bosqichda «Al-Nasr» nomli jamoa kutib oladi, ammo bu – Saudiya Arabistoni klubi. Keyingi seshanbada Ar-Riyoddagi uchrashuvda g‘olib kelgan klub «A» guruhidan joy oladi. Birinchi to‘rtlikda «Al-Vasl» (BAA) va «Al-Zavra» (Iroq) klublari bor. Bugun bo‘lib o‘tadigan «Zobahan» (Eron) – «Al-Kuvayt» (Kuvayt) o‘yini g‘olibi keyingi raundda Qatarning «Al-G‘arafa»si mehmoni bo‘ladi va shu uch klubdan biri ham «A» guruhini to‘ldiradi.

2-bosqich, 12 fevral
G‘arb mintaqasi

15:00. «Paxtakor» (O‘zbekiston) - «Eyr Fors» (Iroq)
Hakamlar: Kim Xi Gon, Pak Sang Jun va Pak Kyun Yon (barchasi - Janubiy Koreya)
16:00. OKMK (O‘zbekiston) - «Istiqlol» (Tojikiston)
Hakamlar: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya), Lakrindis Jorj, Rayan Mark Gallaxer (ikkisi - Avstraliya), Dmitriy Mashensev (Qirg‘iziston)
18:40. «Saypa» (Eron) - «Minerva Punjab» (Hindiston)
20:30. «Zobahan» (Eron) - «Al-Kuvayt» (Kuvayt)

Sharq mintaqasi
13:00. «Nyukasl Jyets» (Avstraliya) - «Persija Jakarta» (Indoneziya)
17:00. «Bangkok Yunayted» (Tailand) - «Xanoy» (Vetnam)
17:00. «Chiangray Yunayted» (Tailand) - «Yangon Yunayted» (Myanma)
18:00. «Perak» (Malayziya) - «Kitchi» (Honkong)

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.