"Yuventus" Remsi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

"Yuventus" Remsi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi


"Yuventus" o‘zining rasmiy saytida "Arsenal" yarimhimoyachisi Aaron Remsi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Uelslik futbolchi 2019 yilning 1 iyulidan boshlab turinliklar safiga o‘tadi.

Avvalroq, Remsining "Yuventus"dagi maoshi 23 mln yevrodan ko‘proqni tashkil qilishi ma'lum qilingan edi.

Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi APLda 22ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.