Rossiyadagi vaqtinchalik ushlab turish markazlaridan 503 kishi O‘zbekistonga olib kelindi 

Rossiyadagi vaqtinchalik ushlab turish markazlaridan 503 kishi O‘zbekistonga olib kelindi 


Rossiya Federatsiyasi hududida hujjatsiz va mablag‘siz qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan O‘zbekistonga qaytarish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma'lum qildi.


Qayd etilishicha, Moskvadan tashqari, Sankt-Peterburgdagi vaqtinchalik ushlab turish markazlaridan ham fuqarolarni olib kelish ishlari boshlangan. Bugunga qadar jami 503 nafar kishi olib kelingan.


Ularning har biri bilan tibbiyot hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xodimlari ish olib bormoqda, deyiladi xabarda.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqqandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.