“San-Remo” tanlovida Mahmud reper g‘olib bo‘ldi

Italiyaning “San-Remo” musiqiy tanlovida Mahmud (Mahmoud) reper “Soldi” (Pullar) qo‘shig‘i bilan g‘olib bo‘ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.


Foto: Google Images

G‘olib tomoshabinlar ovoz berishi orqali aniqlangan.

Final bosqichda Mahmud rossiyalik tinglovchilarga Rossiyada o‘tkazilgan bir qator konsert dasturlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Il Volo opera-pop triosi va ovoz yig‘ishda yetakchi deb hisoblangan Ultimo ijrochisini ortda qoldirib birinchilikni egalladi.

Endi Mahmud Italiya nomidan “Yevrovideniya”da ishtirok etadi.

Mahmoud taxallusi bilan ijod qiluvchi Alessandro Maxmud 1992-yil Milanda tug‘ilgan. Otasi misrlik, onasi italiyalik.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.