Xitoy AQShni o‘z suvlariga bostirib kirishda aybladi

Xitoy AQShni o‘z suvlariga bostirib kirishda aybladi


XXR TIV rasmiy vakili Xua Chuninning ma'lum qilishicha, Xitoy Janubi-Xitoy dengiziga ruxsat berilmasa ham kirib kelgan Amerika kemalaridan norozi bo‘lib turibdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Xabar berilishicha, Xitoy hukumatining ruxsatisiz AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikkita raketa eskadra minonosetsi Nansha orollari (Spratli) suvlariga kirgan.

«AQSh harbiy kemalarining harakati... tegishli suv hududida tinchlik, xavfsizlik va tartibga putur yetkazmoqda. Xitoy tomoni juda norozi hamda qat'iy protest bildiradi», - deya ta'kidlab o‘tgan Chunin.

Uning qayd etishicha, mamlakat ushbu suv ichidagi qoyalar ustidan suverenitetga ega, Janubi-Xitoy dengizida erkin harakatlanish tarafdori, biroq bostirib kirishga qarshidir.

«Biz... Amerika tomonini bu provokatsion harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqiramiz... Xitoy tomoni o‘z suvereniteti va xavfsizligini qat'iy himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi», - deya xulosa qildi Chunin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO Xitoyning xalqaro maydondagi faolligidan tashvishga tushayotgani xabar qilingandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.