Afg‘onistondagi jangovar operatsiyalarda bir kunda 30 nafar terrorchi yo‘q qilindi

10-fevral kuni Afg‘onistonning turli hududlarida IShID terroristik guruhi va “Tolibon” harakatining kamida 30 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.


Foto: Google Images

“Nangarxar viloyatning Xojani tumanida amalga oshirilgan aviahujum natijasida ikki nafar IShID jangarisi o‘ldirilgan, yana yetti nafari Gilmend viloyatining Vasher uyezdida va Balx viloyatning Shamtal uyezdida amalga oshirilgan harakatlar natijasiga yo‘q qilingan”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, G‘azna viloyatida to‘rt nafar “Tolibon” jangarisi yo‘q qilindi.

Bundan tashqari, Afg‘onistonning maxsus tayinlangan kuchlari tomonidan Tarinkot shahrida 13 nafar “Tolibon” vakili o‘ldirilgan va ikkita portlash apparati yo‘q qilingan.

Kunar va Paktiya viloyatlarida ham yana to‘rt nafar “Tolibon” jangarisi yo‘q qilingan.

Tinch aholi va xavfsizlik kuchlarining halok bo‘lgani haqida ma’lumot keltirilmagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.