Xalq ta'limi vazirligi: maktab hududini begona qo‘lga berishda vazirning roziligi olinmagan 

Xalq ta'limi vazirligi: maktab hududini begona qo‘lga berishda vazirning roziligi olinmagan 


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Kun.uz nashrining Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi Qorashoh mahallasidagi 44-umumta'lim maktabi stadionida maishiy xizmat obektlarini qurilishi haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabridagi «Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 10-bandiga ko‘ra umumta'lim va maktabdan tashqari muassasalarning yer uchastkalari va ko‘chmas mulkini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi.

Qorashoh mahallasidagi 44-umumta'lim maktabi stadionini tadbirkorlar loyihalarini amalga oshirishlari uchun ajratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining roziligi olinmagan», — deyiladi vazirlik axborotida.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining huquqiy-nazorat Xizmatiga mazkur holatni o‘rganib chiqish va qonunchilik doirasida kerakli choralar ko‘rish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Qorashoh MFYda istiqomat qiladigan oilalarning 650 nafardan ziyod farzandlari o‘z hududlaridagi 44-umumta'lim maktabida ta'lim va tarbiya oladi, hamma o‘quv dargohlarida bo‘lgani singari mazkur maktabda ham o‘ziga biriktirilgan stadion mavjud. Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov «Qosimov Sirojiddin chorvasi» rahbari Inomjon Qosimov stadion hududida ishbilarmonlik qilib, maishiy xizmat obektlari qurishni ixtiyor etgani haqida ma'lumot bergandi. ​

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.