Abdusalom Azizov DXX raisi etib tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov Davlat xavfsizligi xizmati raisi etib tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.

Abdusalom Azizov 2017-yilning sentyabridan buyon mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq, Davlat xavfsizligi xizmatning sobiq raisi Ixtiyor Abdullav sog‘ligi yomonlashgani sabab o‘z lavozimini tark etgani xabar qilingandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.