Ixtiyor Abdullayev DXX raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Abdusalom Azizov egalladi

Ixtiyor Abdullayev DXX raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Abdusalom Azizov egalladi


Ixtiyor Abdullayev Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimini tark etdi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Ixtiyor Abdullayev 1966 yilda 22 may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. 2015 yil 21 apreldan 2018 yil 31 yanvarga qadar O‘zbekiston bosh prokuror lavozimida bo‘lgan. 2018 yil 31 yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan.

O‘z navbatida, general-leytenant Abdusalom Abdumavlonovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

U avvalroq o‘z lavozimidan ozod etilgan Ixtiyor Abdullayev o‘rnini egalladi.

Abdusalom Azizov 1960 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-2006 yy. - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2006-2006 yy. - „O‘zbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi raisi, 2006-2008 yy. - „O‘zneftmahsulot“ aksiyadorlik jamiyati raisi, 2008-2009 yy. - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009-2017 yy. — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017-2017 yy. — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, 2017 yil 4 sentyabrdan — O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.

MXX va prokuraturadagi o‘zgarishlar haqida rasman ma'lumot berildi

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.