Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston termasi Zagrebdagi reyting turniridan beshta medal bilan qaytdi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston termasi Zagrebdagi reyting turniridan beshta medal bilan qaytdi


9-10 fevral kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasida reyting turniri bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, musobaqada besh nafar o‘zbekistonlik sportchi sovrindor safidan joy oldi. Islomjon Bahromov (-63 kg) va Elmurat Tasmuradov (-67 kg) oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Mo‘minjon Abdullayev (-130 kg) kumush, Feruz To‘xtayev (-63 kg) hamda Jahongir Turdiyev (-97 kg) bronza medaliga ega chiqdi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Sportchilar ushbu musobaqa orqali Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ishlab olishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi pog‘onadan Turkiya joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka mezbon Xorvatiya terma jamoasi yakun yasadi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.