Qaysi davlatda fuqarolikni sotib olish mumkin va bu qancha turadi?

Qaysi davlatda fuqarolikni sotib olish mumkin va bu qancha turadi?


Bloomberg axborot agentligi pasportini sotib olish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini keltirdi. Ko‘plab davlatlar, jumladan AQShda qonuniy yashovchilarga muayyan mezonlar bajarilganda fuqarolikni olishga ariza berishga ruxsat berilsada, dunyoda pasportini sotuvchi 10 davlatgina mavjud.

Bu ko‘p hollarda ko‘chmas mulk yoki mahalliy biznesga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yordamida qilinadi.

Ro‘yxatga ko‘ra, fuqarolikni quyidagi davlatlarda sotib olish mumkin: Avstriyada (23,75 mln dollar), Kiprda (2,375 mln), Maltada (1,065 mln), Turkiyada (1 mln), Vanuatuda (226,5 ming dollarov), Grenadada (208 ming dollar), Sent-Kits va Nevisda (150 ming), Sent-Lyusiyada (100 ming), Dominikada (100 ming) va Antigua va Barbudada (100 ming dollar).

Ba'zi davlatlarda qo‘shimcha shartlar mavjud. Misol uchun, Avstriya fuqarolikni olishga da'vogardan mahalliy iqtisodiyotga faol investitsiya kiritishni, Turkiyada esa pul ko‘chmas mulk sotib olishga yoki bank hisobraqamiga qo‘yilishi (bu holda gap 3 mln dollar haqida borib, bu pullar depozitga 3 yilga qo‘yilishi) talab qiladi.

Bu davlatlardan aksariyati, ya'ni 8 tasi Xalqaro valuta jamg‘armasi tomonidan ofshor moliya markazlari sifatida tasniflangan.

Henley & Partners’dan Kristian Kalinning aytishicha, o‘ziga to‘q odamlar ikkinchi pasportni soliqlardan emas, balki o‘z yurtlaridagi tub o‘zgarishlar oqibatidan qochish uchun sotib olishga intiladilar. Yana bir sabab, bu oddiygina o‘zini ko‘rsatish, manmanlikdir.

“Agar sizda yaxta va ikkita samolyot bo‘lsa, unda keyingi narsangiz Malta pasporti bo‘ladi”, deb aytgan Kalin.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.