Xonanda Ozoda Nursaidova yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizildi

Xonanda Ozoda Nursaidova yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda uning singlisi Nilufar Nursaidova Ozoda Nursaidovaning Instagram’dagi rasmiy sahifasiga joylagan videosida ma’lum qildi.



Foto: Instagram / @ozodaofficial

Nilufar Nursaidova opasi 15 kundan buyon yurak xastaligi bilan qiynalayotgani sabab shifoxonaga yotqizilgani, opasi bu haqida hech kimga ma’lum qilmaslikni so‘raganini yozib qoldirgan.

“Ming bor uzr, majburman. Opam aytma desalar ham aytdim, chidolmadim. Opamning Instagram’lariga, ularning ruxsatlarisiz ushbu postni joyladim”, — deydi Nilufar Nursaidova.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.