Germaniya prezidenti may oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Germaniya prezidenti may oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi


Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerning O‘zbekistonga tashrifi shu oy may oyiga rejalashtirilyapti, deb xabar berdi “Xalq so‘zi”.

Qayd etilishicha, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida ma'lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasiga shu yil yanvar oyida qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida Frank-Valter Shtaynmayyerni O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelishni taklif etgandi. Federal prezident shu yil bahorida mamlakatga tashrif buyurishga tayyor ekanligini bildirgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.