“Shahzoda bo‘ladimi, Rayhon bo‘ladimi farqi yo‘q”. Estrada xonandalari yakkaxon konsertida 30% jonli kuylashga majbur bo‘ladi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida “Milliy estrada san’atining ahvoli, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatining yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” DM rahbariyati, soha vakillari, OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov 2019-yildan boshlab barcha yakkaxon konsert dasturlari 30% jonli ijroda bo‘lishini ma’lum qildi.



Foto: “Daryo”

2019-yildan boshlab barcha yakkaxon konsert dasturlari, agar konsert dasturlari fonogramma orqali o‘tkazadigan bo‘lsa ham, 30% majburiy jonli qildiramiz. Keyingi yil yakkaxon konsert dasturlari 60%, undan keyingi yillar esa 100% jonli ijroda bo‘lib o‘tadi. Bosqichma-bosqich 100% jonli ijroga o‘tamiz. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, estada xonandasi Shahzoda bo‘ladimi, Rayhon bo‘ladimi farqi yo‘q, kim bo‘lishidan qat’i nazar shunday majburiy talab qo‘yiladi. Hozirdan buni tayyorlab borishni rejaga kiritganmiz.

Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.