Kuvaytda to‘ydan keyin 3 daqiqa o‘tib, kelin-kuyov ajrashdi

Kuvaytda endigina oila qurgan kelin-kuyov nikohning bir necha daqiqasidan so‘ng ajrashdi. Bu haqda The Sun nashriga tayanib, Sputnik xabar qildi.



Foto: AP

To‘y marosimidan keyin kelin qoqilib ketgan. Kuyov esa qizning ustidan kulib, ahmoq deb atagan. Kelin bunga chiday olmay, yig‘lab yuborgan va bir necha daqiqalik umr yo‘ldoshidan ajrashishni talab qilgan. To‘y nishonlangan joyning o‘zidayoq ajrashishga qaror qilishgan.

Juftlik nikohda rasmiy ravishda atiga uch daqiqa bo‘lgan. Mazkur juftlikning ushbu nikohi mamlakat tarixidagi eng qisqa nikoh sifatida qayd etildi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.