O‘zbekistonlik besh yoshli bolakay Moskvadagi olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik besh yoshli bolakay Moskvadagi olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi


Moskvadagi G‘alaba muzeyida UCMAS Aqliy arifmetika bo‘yicha bolalar markazi tomonidan tashkillashtirilgan IV Butunrossiya mental arifmetika musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar sakkiz daqiqada har xil murakkablik darajasidagi 200 dan ortiq arifmetik misollarni yechishlari, tovush chiqargan holda, vizual va flash (ekranda tez paydo bo‘luvchi misollar) yordamida hisoblashlari kerak edi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik Muhammadyusuf Anvarov Beginner (kichik sinf) yo‘nalishida olimpiadada birinchi o‘rinni egalladi. U oltin medal va kubokni qo‘lga kiritdi.


Shuni ta'kidlash kerakki, bu uning birinchi g‘alabasi emas. Muhammadyusuf 2018 yilning may oyida Moskvada tashkil etilgan aqliy arifmetika bo‘yicha chempionatda ishtirok etdi. O‘shanda ham u oltin medal bilan taqdirlangan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.