9 fevraldan O‘zbekistonda yana yog‘ingarchilik bo‘ladi

9 fevraldan O‘zbekistonda yana yog‘ingarchilik bo‘ladi


4-5 fevralda Volgabo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib keladi. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, ba'zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5 fevralga kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 2 daraja sovuqqacha pasayadi, deb xabar bermoqda FVV.

6 fevralda respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba'zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

7-8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 7 fevralda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq; 8 fevralda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

9 va 10 fevraldan yana Volgabo‘yi hududlaridan havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.