O‘zbekiston dunyoning top-5 sayyohlik ko‘rgazmalaridan birida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston dunyoning top-5 sayyohlik ko‘rgazmalaridan birida ishtirok etmoqda


31 yanvar kuni Istanbuldagi yirik EMITT 2019 Sharqiy-O‘rta yer dengizi, sayohat va turizm xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Ma'lumot uchun: EMITT tadbir dunyoning eng yirik sayyohlik ko‘rgazmalarining beshtaligiga kiradi va har yili sohadagi 50 mingdan ziyod professionallarni jalb etadi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Tüyap Fair Convention and Congress Center Istanbul ko‘rgazmalar zalining pavilonida namoyish etilgan milliy stend Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK hamda mamlakat sayyohlik tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining turkiyalik maslahatchisi Sodiq Badak boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari ko‘rgazma mehmonlarini O‘zbekistonning turistik salohiyati haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirishdi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ishtirok etib, sayyohlik tadbirlarining ahamiyatiga to‘xtalib, turizm har bir davlat iqtisodiyotida yetakchi yo‘nalishi ekanligini ta'kidladi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

«EMITT yangi hamkorlar bilan uchrashib, turizm sohasidagi so‘nggi yangiliklar va tendensiyalar haqida ko‘proq ma'lumot olish, bozor yo‘nalishlarini o‘rganish imkonini beradi», – deydi madaniyat va turizm vaziri.

Tadbir doirasida tashkilotchilar bilan EMITT forumi tashkil etilib, unda turizm sanoatining dunyoviy va mintaqaviy masalalari muhokama etildi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Ko‘rgazmaning to‘rt kunlik dasturi doirasida tadbir ishtirokchilari o‘rtasida panel sessiyalar va B2B ishchi uchrashuvlarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.