O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Karim Mirhodiyevning onasi vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Karim Mirhodiyevning onasi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi matbuot xizmatiga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.



Foto: “Daryo”

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Karim Mirhodiyevning onasi Sanoat aya Mirhodiyeva 85 yoshlarida vafot etdi. Marhuma 26-yanvar kuni soat 12:00 da so‘nggi manzilga kuzatiladi”, deyiladi xabarda.

Marhumaning yaqinlari, oila a’zolariga “Daryo” tahririyati nomidan hamdardlik bildiramiz.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.