Xitoy qirg‘oqlarida AQSh harbiy kemalari paydo bo‘ldi

Xitoy qirg‘oqlarida AQSh harbiy kemalari paydo bo‘ldi


AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasi Pekin tomonidan protestlarga qaramay, Tayvan bo‘g‘ozi suvlaridan o‘tdi. Bu haqda South China Morning Post 25 yanvar, juma kuni xabar berdi. Xitoy Tayvan janubiy qirg‘oqlariga o‘z qiruvchilarini yuborish orqali javob qaytardi.

McCampbell eskadrilya mina tashuvchisi va yonilg‘i bilan ta'minlash kemasi xalqaro huquqqa muvofiq, bo‘g‘ozda «oddiy o‘tish»ni amalga oshirdi, deya ma'lum qilgan AQSh Tinch okeani floti vakili Tim Gorman. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh erkin va ochiq Hind-Tinch okeani mintaqasi konsepsiyasiga sodiqligini ko‘rsatadi. «Amerika harbiy-dengiz kuchlari xalqaro qonunlar bilan ruxsat berilgan barcha joyda parvoz qiladi, yuradi hamda harakatlanadi», - dedi u.

Bunga javoban Pekin AQShni «yagona va bo‘linmas Xitoy» tamoyiliga rioya etishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Gazetaning qayd etishicha, bu 2018 yil yozidan beri Amerika harbiy kemalari Xitoy janubiy qirg‘oqlarida paydo bo‘lishiga doir to‘rtinchi holat. Bunday vaziyat noyabr oyida sodir bo‘lgach, XXR TIV vakili Gen Shuan mashg‘ulotlar yuzasidan tashvish bildirdi. «Biz Qo‘shma Shtatlarni Tayvan masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashishga chaqiramiz, bu Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik hamda barqarorlikka, shuningdek, Xitoy-Amerika munosabatlariga zarar yetkazmaslik uchun kerak», - deya ma'lum qildi u.

Mashqlar, shuningdek, oktabr va iyul oylarida ham o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik milliarder va moliyachi Jorj Soros Xitoy yetakchisini «ochiq jamiyatlar»ning asosiy dushmani deb atagandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.