Rossiya armiyasi jangovar robotlarni qabul qilib oldi

Rossiya armiyasi jangovar robotlarni qabul qilib oldi


Rossiya Mudofaa vazirligi «Uran-9» robototexnik kompleksni qabul qilib oldi. Bu haqda RIA «Novosti» «Kalashnikov» konserni bosh direktori Vladimir Dmitriyevga asosan xabar bermoqda.

Dmitriyevning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda birinchi seriyali partiyani ishlab chiqarish yakunlanmoqda.

«Umuman olganda, «Uran»lar - bu keyingi mahsulotlar uchun yaxshi ilmiy-texnik zaxiradir», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi konsern rahbari.

O‘tgan yilning oktyabrida Rossiya Mudofaa vazirligi «Nerext» eng yangi jangovar robot va «Uran-9» jangovar robototexnik komplekslar sinovi tasvirlangan kadrlar bo‘lgan videorolikni e'lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Xitoy qurollarda ustunlik bo‘yicha poygada AQShni ortda qoldirgani xabar berilgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.