Kosonsoyda fermerning 23 yashar o‘g‘li o‘zini osdi. Undan avval u tuman hokimligidagi majlisda qatnashgan

Kosonsoyda fermerning 23 yashar o‘g‘li o‘zini osdi. Undan avval u tuman hokimligidagi majlisda qatnashgan


Joriy yilning 09 yanvar kuni soat 15:40larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani, Qukumboy MFY, Qukumboy ko‘chasi, raqamsiz uyda yashab kelgan, 16.07.1996 yilda tug‘ilgan Sh.A. yashash uyidagi o‘tinxonada o‘zini-o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, voqea joyiga tuman prokurori, prokuratura tergovchisi, IIBning boshqa tezkor-tergov xodimlari chiqishgan.

Marhum Sh.A.ning jasadi tuman tibbiyot birlashmasi shifokori tomonidan ko‘zdan kechirilganida, bo‘yin sohasidagi strangulyatsion egatidan boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.

Xabarlarga ko‘ra, Sh.A. o‘z joniga qasd qilgan kuni tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan majlisda otasining o‘rnida qatnashgan. U otasining fermer xo‘jaligida ishlab kelgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman IIB boshlig‘i fermer xo‘jaligi rahbarlariga 2019 yil g‘alla hosilini parvarishlash, fermer xo‘jaligi ekin yer maydonlariga mahalliy o‘g‘it olib chiqish va yon atroflarini tozalash yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan va Sh.A. haqiqatdan ham ushbu yig‘ilishda ishtirok etgan.

«Lekin tuman IIB boshlig‘i yoki boshqa biror-bir shaxs uni yig‘ilish davomida kamsitmagan yoki unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lmagan. Majlisdan so‘ng Sh.A. uyiga qaytgach, yaxshi kayfiyatda bo‘lgan. Nima sababdan o‘z joniga qasd qilganligidan ota-onasi ham xabarsiz bo‘lgan», - deya xabar berildi Bosh prokuraturadan.

Bildirilishicha, hozirda o‘lim holati yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.