Maradona shifoxonaga yotqizildi

Maradona shifoxonaga yotqizildi


Argentina futboli afsonasi, ayni vaqtda Meksikaning «Dorados» klubi bosh murabbiyi hisoblanadigan Diyego Maradona yana shifoxonaga tushib qoldi.

Reuters xabariga ko‘ra, Maradonaning oshqozoni operatsiya qilinadi.

Ayni vaqtda 58 yoshda bo‘lgan Maradona 2018 yilning dekabrida ham bir necha kun shifoxonada bo‘lgandi..

Diyego 2018 yilning mayida Brestning «Dinamo» klubi boshqaruviga kelgandi, lekin u Belarusda uzoq vaqt qolmadi. O‘tgan yilning sentyabrida u Meksikaning «Dorados» klubi bosh murabbiyi sifatida e'lon qilindi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.