«Liverpul» va «Chelsi» o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi. APL turnir jadvalidagi holat

«Liverpul» va «Chelsi» o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi. APL turnir jadvalidagi holat


Angliya Premer-ligasining 22-turida «Brayton end Houv Albion» — «Liverpul»ni qabul qildi. «Falmer – Ze Ameks» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Faqat 50-daqiqada Muhammad Saloh o‘zi penalti ishlab, o‘zi uni aniq ijro etdi. Bu uning Angliya chempionatining joriy mavsumidagi 14-goli bo‘ldi. Misrlik futbolchining goli uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi.

«Liverpul» bu g‘alaba evaziga turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab (57 ochko), ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti» bilan oradagi farqni 7taga yetkazdi. «Brayton» 26 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.

Bu turda «Chelsi» «Nyukasl Yunayted»ni qabul qildi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi birinchi gol «Chelsi» hujumchisi Pedro Rodriges tomonidan 9-daqiqadayoq urildi. Tanaffus arafasida «Nyukasl» himoyachisi Kiran Klark hisobni tenglashtirdi. Londonliklar hujumchisi Villian ikkinchi bo‘lim boshida g‘alaba golini urdi.

Bu «ko‘klar» uchun Angliya chempionatida keyingi 4 uchrashuvdagi ilk g‘alaba bo‘ldi. «Qarg‘alar» esa qatorasiga ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi.

«Chelsi» ochkolari sonini 47taga yetkazgan va turnir jadvalida 4-o‘rinda joylashgan, «Nyukasl» 18 ochkosi bilan — 18-o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda Mauritsio Sarri jamoasi safarda «Arsenal»ga qarshi London derbisida maydonga tushadi, Rafael Benites shogirdlari «Kardiff Siti»ni qabul qiladi. Ikki o‘yin ham 19 yanvarga belgilangan.

«Byornli» esa «Fulhem»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yinda hisob «Fulhem» havbeki Andre Shyurrle tomonidan 2-daqiqadayoq ochildi. Lekin londonliklarning futbolchilari ikki marta o‘z darvozalarini ishg‘ol etib qo‘yishdi, 20 va 23-daqiqalarda Jo Brayan va Denis Odoi o‘z jamoasi muxlislarini ranjitishdi.

Tur doirasidagi boshqa o‘yinlarda «Sauthempton» safarda «Lester»dan ustun keldi (2:1), «Kristal Pelas» o‘z uyida «Uotford»ga yutqazdi (1:2), «Kardiff» va «Haddersfild» uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi (0:0).

Angliya premer-ligasi
22-tur
Brayton – Liverpul 0:1
(0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 50, penalti Saloh.
Brayton – Batton, Montoyya, Daffi, Dank, Bong, March (Knokert, 66), Gross (Kayyal, 79), Stivens, Propper, Lokadiya, Myurrey (Andone, 66).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Fabino, van Deyk, Robertson, Veynaldum, Henderson, Shakiri (Milner, 72), Firmino, Mane (Keyta, 90), Saloh (Origi, 90).

Chelsi – Nyukasl 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 9 Pedro, 1:1 – 40 Klark, 2:1 – 57 Villian.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, David Luiz, Alonso, Kante, Jorjino, Kovachich (Barkli, 63), Pedro (Xadson-Odoi, 81), Azar (Jiru, 87), Villian.
Nyukasl – Dubravka, Yyedlin (Mankilo, 82), Lejyen, Lassels, Klark, Ritchi, Peres (Merfi, 82), Longstaff, Xeyden, Atsu, Rondon.
Ogohlantirishlar: Ritchi (24), Jorjino (63).

Lester – Sauthempton 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 11, penalti Uord-Prouz, 0:2 – 45 Long, 1:2 – 58 Ndidi.
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Morgan, Maguayr, Chiluell, Chouduri (Gezzal, 76), Mendi (Barns, 46), Ndidi, Olbrayton (Grey, 46), Vardi, Meddison.
Sauthempton – Makkarti, Bednarek, Stivens, Vestergor, Valeri, Romeu, Uord-Prouz, Targett, Redmond (Gallaxer, 90), Armstrong (Soaresh, 57), Long (Sletteri, 76).
Ogohlantirishlar: Meddison (20), Valeri (34), Chiluell (35), Stivens (54).
Chetlatish: Valeri (45).

Kristal Pelas – Uotford 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 38, avtogol Ketkart, 1:1 – 67 Ketkart, 1:2 – 74 Kleverli.
Kristal Pelas – Guaita (Xennessi, 45), Uan-Bissaka, Tomkins, Sako, van Anxolt, Kuyate, Milivoyevich, Makartur (Benteke, 78), Taunsend, Ayyu (Shlupp, 83), Zaa.
Uotford – Foster, Femeniya, Mariappa, Ketkart, Xolebas, Dukure, Kapu, Xyuz (Sema, 19; Kleverli, 68), Pereyra (Mazina, 90), Deulofeu, Dini.
Ogohlantirishlar: Femeniya (61), Sema (65), Milivoyevich (84), Pereyra (90), Kleverli (90).

Byornli – Fulhem 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 2 Shyurrle, 1:1 – 20, avtogol Brayyen, 2:1 – 23, avtogol Odoi.
Byornli – Xiton, Bardsli, Tarkovski, Mi, Teylor, Xendrik, Vestvud, Kork, Maknil, Vud (Vouks, 87), Barns.
Fulhem – Riko, Odoi, Le Marshan, Rim, Kristi, Chembers, Seri, Brayyen (Kerni, 61), Shyurrle (Kebano, 77), Mitrovich, Sessenon (Vetto, 46).
Ogohlantirishlar: Chembers (34), Kristi (65), Tarkovski (72).

Kardiff – Haddersfild 0:0 (0:0, 0:0)
Kardiff – Eterij, Manga, Morrison, Bamba, Bennett, Gunnarsson, Mendes-Leyng (Xili, 73), Kamarasa (Rolls, 64), Arter, Xoylett, Paterson.
Haddersfild – Lessl, Xaderdjonay, Yorgensen, Shindler, Durm, Xogg, Panchon, Billing, Kachunga, Pritchard (Mbenza, 73), Mune (Depuatr, 87).
Ogohlantirishlar: Shindler (10), Arter (33), Xoylett (71), Bennett (82).

Turnir jadvalidagi holat


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.