Amerikalik kinooperatorlar XX asrning eng yaxshi filmlarini ma'lum qilishdi 

Amerikalik kinooperatorlar XX asrning eng yaxshi filmlarini ma'lum qilishdi 


Amerika kinooperatorlar jamiyati (American Society of Cinematographers, ASC) tashkil etilganining 100 yilligi munosabati bilan XX asrning eng yaxshi filmlarini tanladi. To‘liq ro‘yxat jamiyat saytida keltirilgan.

Jamiyat talqiniga ko‘ra, o‘tgan asrning eng yaxshi filmi sifatida rejissyor Freddi Yang tomonidan 1962 yilda suratga olingan “Arabistonlik Lourens” filmi tan olindi. Mutaxassislarni ushbu film qanday sharoitlarda suratga olingani hayratlantirgan. Jumladan, suratga olish ishlari Iordaniyadagi Jabal at-Tubayk degan joyda olingan. Bu yerda chidab bo‘lmas issiq havo turganidan tashqari, eng yaqin suv manbasigacha 240 km yo‘l bosib o‘tish kerak bo‘lgan.

Biroq shunday og‘ir sharoitlarga qaramay, suratga olish guruhining professionalligi evaziga 7 ta “Oskar”, 4 ta “Oltin globus” va boshqa ko‘plab mukofotlarni olishga muvaffaq bo‘lgan film suratga olingan.

Shuningdek, eng yaxshi filmlar ro‘yxatining yetakchi o‘ntaligiga “Tig‘ ustidan yuguruvchi” (1962 yil), “Bugungi kun qiyomat qoyimi” (1979), “Fuqaro Keyn” (1941), “Cho‘qintirgan ota” (1972), “Quturgan buqa” (1980), “Konformist” (1970), “O‘rim kuni” (1978), “2001 yil: Kosmik odisseya” (1968) va “Frantsuz aloqachisi” (1971) filmlari kirgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.