Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosarlari o‘zgardi

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosarlari o‘zgardi


Prezidentning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyat hokimining ikki o‘rinbosari o‘zgardi.

Viloyat hokimi matbuot xizmati xabar qilishicha, Jamshid O‘roqov Rajabovich viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. U Past Darg‘om tumani hokimligiga o‘tkazilgan Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev o‘rnida ish boshlagan. Shunqor Xudoyberdiyev 2016 yilning noyabridan buyon viloyat hokimi o‘rinbosari edi.

Jamshid O‘roqov Rajabovich

Shuningdek, Oybek Erkinovich Xodjayev viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. U bu lavozimda 2018 yil fevralidan buyon ishlab kelgan Otabek Burxonovich Boboyev o‘rnini egallagan.

Oybek Erkinovich Xodjayev
loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.