OAV: Ivanka Tramp Jahon banki prezidenti lavozimiga saylanishi mumkin

AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp Jahon banki prezidenti lavozimiga da’vogarlik qilishi mumkin. Bu haqda Financial Times nashri manbalari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.



Foto: EPA

Bankning vakolatlari 2022-yilda yakunlanadigan hozirgi rahbari Jim Yen Kim xususiy biznesga qaytish va joriy yil 1-fevralida iste’foga chiqish niyatini bildirgan. Yangi prezident nomzodi borasida fevral o‘rtalariga qadar bir to‘xtamga kelish rejalashtirilgan.

Ivanka Trampdan tashqari ushbu lavozimga AQShning BMTdagi sobiq vakili Nikki Xeyli, AQSh moliya vazirining o‘rinbosari Devid Melpas va AQSh xalqaro rivojlantirish agentligi rahbari Mark Grin nomzodlari ham aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Qo‘shma Shtatlar ushbu moliyaviy muassasaning yirik aksiyadori bo‘lgani uchun Jahon banki prezidentligiga AQSh fuqarosi saylanadi.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.