Tramp budjet inqirozini hal qilish ustida bir o‘zi ishlayotganini aytdi

Tramp budjet inqirozini hal qilish ustida bir o‘zi ishlayotganini aytdi


AQSh prezidenti Donald Tramp qator OAVlarning prezident ma'muriyatida tartibsizlik hukm surayotgani va budjet inqirozini bartaraf qilish borasida reja yo‘qligi haqidagi xabarlarini inkor etdi.

"Hozirgina Amazon boshqaradigan The Washington Post gazetasining yolg‘onchi muxbiri Oq uyda tartibsizlik hukm surayotgani va "shatdaun"ni bartaraf qilish bo‘yicha hech kimda reja yo‘qligini aytganini ko‘rdim. Yolg‘onchi OAV doim tartibsizlik haqida gapiradi, aslida u yo‘q bo‘lsa ham", deb yozdi AQSh rahbari o‘z Twitter akkauntida.

"Aslida Oq uyda mendan boshqa deyarli hech kim yo‘q, menda esa "shatdaun" bo‘yicha reja bor. Ammo bu rejani tushunish uchun avvalo saylovlarda g‘alaba qozonganimni va Amerika xalqining xavfsizligin ta'minlashga va'da berganimni tushunish lozim. Bu va'daning bir qismi janubiy chegarada devor qurish edi. Saylov oqibatga ega!", deya qayd etdi u.

Shatdaun — AQSh federal hukumati ishining vaqtincha to‘xtatilishi 22 dekabrdan buyon davom etmoqda. Bunga demokratlar va respublikachilarning Meksika bilan chegarada devor qurilishi sababli budjet borasida kelisha olmaganliklari sabab bo‘ldi. Respublikachilar bu maqsad uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, demokratlar 1,3 mlrd dollarga rozi bo‘lishmoqda.

Ayni vaqtda ichki ishlar, qishloq xo‘jaligi, uy qurilishi va shaharni rivojlantirish, savdo, milliy xavfsizlik va moliya vazirliklari, davlat departamenti moliyalashtirishsiz qoldi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.