Tramp AQShdagi shatdaunni gumanitar inqiroz deb atadi

Tramp AQShdagi shatdaunni gumanitar inqiroz deb atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp federal muassasalar ishining to‘xtab qolishi – shatdaunni gumanitar inqiroz deb atadi va demokratlarni dam olish kunlari bo‘lishiga qaramasdan Vashingtonga qaytishga hamda o‘z ishlarini bajarishga chaqirdi.

"Demokratlar Vashingtonga qaytishlari va shatdaunga chek qo‘yish uchun ish boshlashlari hamda janubiy chegaradagi gumanitar inqirozni to‘xtatishlari lozim. Sizlarni Oq uyda kutaman!", deb yozdi u Twitter sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "demokratlar shatdaun muammosini 15 daqiqa ichida hal qilishlari mumkin edi".

"Demokrat senator yoki kongressmeningizga qo‘ng‘iroq qiling. Ularga shunday qilishlari kerakligini ayting! Gumanitar inqiroz", deb qo‘shib qo‘ydi AQSh prezidenti.

Shanbaga o‘tar tunda shatdaun mamlakat tarixidagi eng uzuniga aylandi. Amerika hukumati ishi 2018 yil 22 dekabrda to‘xtab qolgandi. O‘tgan vaqt ichida shatdaun 21 marotaba qayd etildi. Eng uzoq vaqt davomida hukumat 1978 va 1995-1996 yillarda ishlamagan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.