O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston bilan o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi (fotogalereya)

O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston bilan o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi (fotogalereya)


Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 12 yanvar kuni guruh bosqichining 2-turidagi Turkmanistonga qarshi bahs oldidan rasmiy mashg‘ulotni o‘tkazdi.

Mashg‘ulotlar yakshanba kungi bahs bo‘lib o‘tadigan «Rashid Stadium»da o‘tkazildi. Jarayonning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq ekanidan foydalangan Kun.uz fotomuxbiri u yerdagi muhit va kayfiyatni suratlar vositasida yetkazishga harakat qildi.


















Eslatib o‘tamiz, ertaga, 13 yanvar kuni Osiyo Kubogida ikkinchi turga yakun yasaladi. Bahslarning so‘nggisi «F» guruhi vakillari – O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasida Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanishi belgilangan.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.