Pulini bo‘lib to‘lash sharti bilan «Matiz» olib, va'dasini bajarmagan shaxs ushlandi

Pulini bo‘lib to‘lash sharti bilan «Matiz» olib, va'dasini bajarmagan shaxs ushlandi


2018 yil 18 sentabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2016 yil mart oyida Chilonzor tumani 16-dahada yashovchi U.I. “Sergeli ixtisoslashgan avtomashina bozori” MChJ hududida fuqaro G.R.ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashina pulini bo‘lib to‘lash sharti bilan 13 000 AQSh dollariga kelishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u avtoshinani olib ketgan va shu kunga qadar pullarni ham, avtomashinani ham bermagan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida U.I. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.