Tennischi Endi Marrey faoliyatini yakunlamoqchi. Matbuot anjumanida u ko‘z yoshlarini tiya olmadi

Tennischi Endi Marrey faoliyatini yakunlamoqchi. Matbuot anjumanida u ko‘z yoshlarini tiya olmadi


Tennischi Endi Marrey Avstraliya Ochiq chempionatidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu uning so‘nggi katta musobaqasi bo‘lishi mumkinligini e'lon qildi.

Marreyning so‘zlariga ko‘ra, u jarohatdan keyin to‘liq tiklana olmadi va kuchli og‘riq his qilmoqda. Tennischining aytishicha, iyul oyi birinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan Uimbldondan keyin faoliyatini yakunlash niyatida.

Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, og‘riq tufayli faoliyatini undan ham avvalroq tugatishi ehtimol bor. Marrey bu haqda gapirib, ko‘z yoshlarini tiya olmagan.

Ma'lumot uchun: britaniyalik tennischi US Open g‘olibi, Uimbldonda ikki marta zafar quchgan va olimpiya chempioni hisoblanadi.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.