Chilonzorda qarindoshining avtomashinasini haydab qochgan shaxs qo‘lga olindi

Chilonzorda qarindoshining avtomashinasini haydab qochgan shaxs qo‘lga olindi


2019 yil 8 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani Karvonsaroy 7-tor ko‘chasida yashovchi Sh.Yu. uyi oldida qarovsiz qoldirilgan qarindoshi O.B. (ayol)ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashina oynasini sindirib, avtomashinani noma'lum tomonga haydab qochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Uchtepa tumani 26-dahadan topilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.Yu. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.