OAV: FTB Trampning Rossiya bilan aloqasini maxfiy ravishda tekshira boshladi

OAV: FTB Trampning Rossiya bilan aloqasini maxfiy ravishda tekshira boshladi


Federal tergov byurosi (FTB) AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya bilan 2017 yildagi aloqalarini maxfiy tarzda tekshira boshladi. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, bu FTB direktori Jyeyms Komi ishdan bo‘shatilgandan keyin sodir bo‘ldi, ushbu holat razvedka organida jiddiy tashvish uyg‘otdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp bo‘yicha shubha 2016 yilda, uning prezidentlik kampaniyasi vaqtida paydo bo‘lgan. Biroq, o‘shanda FTB surishtiruvni kechiktirishga qaror qildi, sababi bunday ko‘lamdagi tekshirish bilan qanday ishlash kerakligi noma'lum edi. Komining ishdan bo‘shatilishi surishtiruvga turtki berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning sobiq advokati AQSh prezidentiga ishonmaslikka chaqirgandi.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.