«Hayot» filmi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

«Hayot» filmi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi


14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2000 yildagi Sariosiyo voqealarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan yurti himoyachilariga bag‘ishlangan «Hayot» filmi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi telekanallar orqali ikki kun efirga uzatiladi.

• 13 yanvar kuni «O‘zbekiston» telekanalida — soat 22:00 da;
• 14 yanvar kuni «Kinoteatr» telekanalida — soat 15:40 da;
• 14 yanvar kuni «Yoshlar» telekanalida — soat 22:10 da.

Film ssenariysi Iqbol Mirzaaliyev, Zulfiya Yunusova va Hilol Nasimovga tegishli. Kinoasar 2000 yildagi Sariosiyo voqealarida qatnashgan farg‘onalik Hayot ismli yigitning taqdiri haqida hikoya qiladi.

Ma'lumki, 2000 yil avgust oyida janubiy sarhadlarga suqilib kirmoqchi bo‘lgan xalqaro terroristik guruhlarga qarshi olib borilgan kurash chog‘ida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Maxsus operatsiya kuchlari batalonining 21 nafar o‘zbek o‘g‘loni qahramonlarcha halok bo‘lgan.

Film rejissyori bo‘lmish Hilol Nasimov o‘zining «Tubanlik», «Odnoklassniki.ru», «Ajal jodusi» kabi kartinalari bilan tanilgan. Ushbu filmlar negizida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash yotadi.

Shuningdek, O‘zbekiston MTRK telekanallari orqali bayram munosabati bilan “Serjantlar”, “Sardor” va “Sardor 2” milliy seriallari, “Qasamyod”, “Vatanparvar”, “Jasur”, “Vatan” va “O‘n sakkizinchi kvadrat” kabi vatanparvarlik ruhidagi filmlar namoyish etib kelinyapti.

loading...

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.